Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi «Malorka»dan Samu Koshtani o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Portugaliyalik 25 yoshli futbolchi Riyod klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, transfer qiymati esa 22-25 million yevroni tashkil etadi.
Shu tariqa, Samu yaqinda jamoani tark etgan Marselo Brozovichning o'rnini egallaydi.
Avvalroq moliyaviy muammolar sabab «An Nasr» klubiga transfer taqiqlangani xabar qilingandi.