"Nyukasl" klubi "Bavariya" yarimhimoyachisi Joau Paliniyani tarkibiga qo'shib olish uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik 30 yoshli futbolchi "qarg'alar"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlari ro'yxatiga kiritilgan. Ammo "Aston Villa" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan va "Nyukasl"ga raqobatchiga aylanishi mumkin.
Klub bu pozitsiyani kuchaytirishga ayniqsa Bruno Gimarayes va Sandro Tonali jamoadan ketganidan keyin ehtiyoj sezmoqda.
Shuningdek, ingliz klubining short-listidan "Marsel" futbolchisi Per-Emil Xoyberg ham bor.
Eslatib o'tamiz, Joau o'tgan mavsumda "Tottenhem" klubida ijara asosida to'p tepgan edi.