«Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes yaqin vaqt ichida rasmiy ravishda «Arsenal» safiga qo'shiladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik 28 yoshli futbolchi transfer oldidan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Endilikda Gimaraes «to'pchilar» bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, Mikel Arteta Bruno bilan shaxsan o'zi suhbatlashgan. Ispaniyalik mutaxassis «Nyukasl» futbolchisini anchadan buyon o'z jamoasida ko'rishni istab kelayotgan edi.
Qayd etilishicha, «Arsenal» Gimaraesning transferiga taxminan 87,5 million yevro sarflaydi.
Ma'lumot uchun, Bruno 2022 yil boshidan buyon «qarg'alar» sharafini himoya qilib kelmoqda.