"Bornmut" "Sevilya"dan himoyachi Xuanlu Sanchesni sotib oldi.
Ispan klubi transferdan 11 million yevro miqdoridagi kafolatlangan to'lov va yana 2 million yevro bonus oladi.
22 yoshli futbolchi hisobida La Ligada 100 dan ortiq bahs bor. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 6 ta o'yin o'tkazgan, 2023 yili andalusiyaliklar safida Yevropa superkubogi bahsida "Manchester Siti"ga qarshi (1:1, penaltitalar seriyasida — 4:5) maydonga tushgan.
2024 yilda Xuanlu Ispaniya tarkibida Parijda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. U chempionlik yo'lida yarimfinalda Marokashga qarshi bahsda hal qiluvchi golni urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasini ta'minlagan.
"Bornmut" "Sevilya"dan Olimpiada chempionini sotib oldi
Futbol
6 avgust, 15:40
22 yoshli himoyachi faoliyatini APLda davom ettiradi.
Foto: Bournemouth