Bugun Superligada ikkinchi davra boshlandi. 16-turining ilk bellashuvi Zominda «So'g'diyona» hamda «Andijon» jamoalari ishtirokida bo'lib o'tdi.
O'yin taqdirini birgina gol hal qildi. Jizzaxliklarning yetakchisi va chempionat to'purari bo'lib turgan Lyupche Doriev bu uchrashuvda ham qahramonga aylandi va jamoasiga o'z goli bilan g'alaba keltirdi.
O'yindan keyin «So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Boqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O'yin haqidagi fikrlaringiz?
- O'yinda ikki teng kuchli raqib o'zaro bahs olib bordi. Umuman olganda, butun uchrashuv davomida yaxshi, ishonchli o'yin bo'ldi. To'p nazorati, xavfli hujumlar ham «Andijon» tomonidan, ham bizning jamoa tomonidan bo'ldi. Birinchi taym — 0:0, ikkinchi taymda ham xuddi shunday holat kuzatildi. Ularda ham vaziyatlar bo'ldi, bizda ham.
Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim. Ammo futbolchimiz mahorati va vaziyatni ijro etishi o'z so'zini aytdi. U gol urdi, juda chiroyli gol bo'ldi. Shuning uchun jamoamizni, futbolchilarimizni o'zini ayamaganini, o'yin intizomi va g'alaba bilan tabriklamoqchiman! Endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz. «Andijon» jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda omad va yaxshi o'yin tilayman.
- O'tgan turda Doriev xet-trikka erishdi va jamoangiz g'alaba qozondi. Bugun ham Doriev yagona golni urdi va navbatdagi uch ochko. Dorievsiz «So'g'diyona»ni qanday tasavvur qilish mumkin?
- Bugungi kunga kelib, u yaxshi o'ynayapti, jamoaga foyda keltiryapti. Agar u bo'lmay qolsa, keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Menimcha, uning vaziyatlarni ijro etishi umuman olganda jamoaga natija olib kelyapti. Biz uning kuchli tomonlarini bilamiz. Shuning uchun uni ayrim o'yin vaziyatlaridan ozod qilishga harakat qilamiz, toki u uchrashuv davomidagi vaziyatlarni yakunlay olsin. Unda bu yaxshi chiqyapti. Agar Doriev bo'lmasa... bilmadim, qandaydir o'ynaymiz, ehtimol.
- O'yin oxirida Golban jarohat oldi. Hozir uning holati qanday? Jiddiymi?
- Hozir bu haqda aniq aytish qiyin. Hozir shifokor o'z ishini qiladi, oyog'ini tekshirib ko'radi. Ertaga MRT qilishadi. Menimcha, tizzasida jiddiy jarohat yo'q. U yerda nimadir bo'lgan, xolos. Yaxshi natija bo'lishidan umid qilamiz», - deya Boqoyevning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ulug'bek Boqoyev: "Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim"
Eksklyuziv
6 avgust, 14:14
«So'g'diyona» ustozi «Andijon»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Tribuna.uz
06.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
1
:
0
Andijon