"Lids" "Manchester Siti"dan Jeyms Trafford transferini e'lon qildi.
Angliyalik 23 yoshli darvozabon yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, kelishuv qiymati 40 million yevro va bonuslardan iborat bo'ldi. Bu "Lids" tarixidagi eng yirik transferga aylandi.
Shuningdek, Trafford eng qimmat britaniyalik darvozabon bo'ldi.
Jeyms o'tgan mavsumda "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 13 bor darvozasidan to'p olib chiqdi.
"Siti" tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida "Byornli" va "Bolton" klublarida ham harakat qilgan.
Trafford "Siti"dan "Lids"ga o'tdi
Futbol
6 avgust, 14:46
Bu "Lids" tarixidagi rekord qiymatli transfer bo'ldi. Shuningdek, Jeyms eng qimmat britaniyalik posbonga aylandi.
Foto: Leeds United
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi