Bugun
41
O'zbek

«PSJ» «Monako»dan Akliushni sotib oldi

Futbol
6 avgust, 13:45
Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Parij klubiga o'tdi.
«PSJ» «Monako»dan Akliushni sotib oldi
Foto: PSG

Magn Akliush «Monako»dan «PSJ»ga o'tdi.

Avvalroq transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Parij klubi 24 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolanganini rasmiy e'lon qildi. Fransiyalik futbolchi yangi jamoasida 11-raqam ostida to'p tepadi va u bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.

Akliush o'tgan mavsumda Fransiya Liga 1 doirasida 31 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urg'an va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yarim himoyachi 2026 yildagi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi va faqat Iroqqa (3:0) qarshi bahsda atigi 7 daqiqa harakat qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Monaco Monaco
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar