Live
1
O'zbek

«Monako» «Nant» hujumchisini sotib oldi

Futbol
31 iyul, 11:52
Transfer qiymati 25 mln yevroni tashkil etdi.
«Monako» «Nant» hujumchisini sotib oldi
Foto: Monaco

«Monako» Mattis Ablin transferini rasmiy e'lon qildi.

23 yoshli hujumchi «Nant»dan «Monako» safiga o'tdi va monegaskliklar bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Ouest France nashri ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etdi. Bundan tashqari, bonuslar sifatida yana 5 million yevro to'lanishi mumkin.

Ablin o'tgan mavsumda Liga 1 bahslarida 32 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urg'an va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ablin faoliyati davomida «Oser», «Renn» va «Gavr» klublarida ham o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar