Live
1
O'zbek

Tayson eng sevimli bokschisini aytdi — Muhammad Ali emas

Boks
31 iyul, 12:45
Sobiq chempion bu borada o'zi kabi qiynalgan bokschini tanladi.
Tayson eng sevimli bokschisini aytdi — Muhammad Ali emas
Foto: Getty Images

Xalqaro boks shon-sharaf zali a'zosi hamda superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson o'zining eng sevimli bokschisi sifatida to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan panamalik Roberto Duranni e'tirof etdi.

«Roberto Duran. Sababi shuki, u ham men kabi qashshoq kvartalda ulg'aygan. Men Muhammad Ali kabi kelishgan emasdim. Shuning uchun Duranga o'xshashni istardim, chunki u menga ko'proq mos kelardi», — dedi Tayson Boxing News portaliga.

Roberto Duran professional faoliyati davomida 119 ta jang o'tkazib, 103 ta g'alabaga erishgan. Ularning 70 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida 16 ta mag'lubiyat mavjud. Duran 1968 yildan 2001 yilgacha professional boksda faoliyat yuritgan.

Bugungi yangiliklar