"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik forvardga "Tottenhem" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Bu klublar Ferran uchun kurashga qo'shilgan.
Shu bilan birga, "Barselona" hali ham Torres bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Futbolchining kelajagi uning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, hujumchining transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi