Live
1
O'zbek

«Futbol odamlar uchun» — Alonso FIFA'ning JCH huquqlarini sotmoqchiligiga munosabat bildirdi

Futbol
31 iyul, 12:30
«Chelsi» bosh murabbiyining fikricha, futbolni jozibali va sof holda saqlab qolish kerak.
«Futbol odamlar uchun» — Alonso FIFA'ning JCH huquqlarini sotmoqchiligiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Jahon chempionati va boshqa yirik musobaqalarni o'tkazish huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish masalasi bo'yicha o'z fikrini bildirdi.

Avvalroq UEFA va CONCACAF kelajakdagi islohotlarga qarshi bir ovozdan boykot e'lon qilgandi. Ushbu tashkilotlarga a'zo davlatlar yangiliklar tasdiqlangan taqdirda musobaqalarni boykot qilishmoqchi.

«Futbol odamlarga. U xususiy qo'llarda bo'lmasligi kerak. Umid qilamanki, bunday holat yuz bermaydi va biz barchamiz sevgan hamda sevib kelayotgan o'yinni jozibali hamda sof holda saqlab qolamiz», — deya Alonsoning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar