Live
1
O'zbek

«U yaxshi holatda» — Iraola «Liverpul»ning yangi mavsumdagi eng muhim figurasiga aylanishi mumkin bo'lgan o'yinchini aytdi

Futbol
31 iyul, 11:32
Mersisaydliklar ustozining jamoa hujumchisidan umidlari katta.
«U yaxshi holatda» — Iraola «Liverpul»ning yangi mavsumdagi eng muhim figurasiga aylanishi mumkin bo'lgan o'yinchini aytdi
Foto: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola hujumchi Aleksander Isak kelasi mavsumda jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishi kerakligini aytdi.

«Menimcha, Alex hozir yaxshi holatda. Jahon chempionatida u o'zini juda ishonchli namoyon qildi va, fikrimcha, o'zini erkin his qildi. U biz bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazdi va men Isakning yaxshi holatda ekanligini ko'rdim.

Albatta, hozircha xulosa qilishga erta, chunki u endigina mashg'ulotlarga qo'shildi. Ammo umid qilamanki, u «Lids»ga qarshi o'yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi va mavsum oldi tayyorgarligini to'liq o'tkazadi. Bu tayyorgarlik davri unchalik uzoq bo'lmaydi, ammo u 3-4 hafta ichida kerakli jismoniy holatga keladi.

Shundan keyin Isakni eng yaxshi formasiga olib chiqishimiz mumkin bo'ladi, chunki bu mavsumda u biz uchun juda muhim futbolchi bo'ladi»
, — deya ispan mutaxassisning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Aleksandr Isak
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar