Live
1
O'zbek

Baxtiyor Qosimov Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
31 iyul, 11:52
Futbolchi «Penang» bilan bir yillik bitim imzoladi.
Baxtiyor Qosimov Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Amanat Bagdad

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradi.

Futbolchi «Penang» bilan bir yillik bitim imzoladi. Bunga qadar u Iroqning «Amanat Bag‘dod» klubida to‘p surayotgandi. Uning klub bilan shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng u erkin agent sifatida Malayziya klubiga yo‘l oldi.

Qosimov faoliyati davomida «Surxon», «Qizilqum», OKMK va «Qo‘qon-1912» jamoalarida ham o‘ynagan.

«Penang» avvalroq hujumchi Murod Bobojonov bilan ham shartnoma imzolaganini e'lon qilgandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar