"Chelsi" klubi vinger Mixail Mudrik doping iste'mol qilganlik ayblovi bekor qilingandan so'ng ushbu masala bo'yicha rasmiy bayonot berdi.
"Yakuniy qaror Mudrikning zudlik bilan futbolga qaytishiga imkon berganidan juda xursandmiz. Biz uni har doim qo'llab-quvvatlab kelganmiz.
Ilmiy hisobot standartlarining rivojlanishi va yanada ishonchli test usullari tufayli, agar Mishaning namunasi hozirgi texnik talablar bilan mos ravishda tahlil qilinganda, u ijobiy deb topilmas edi va antidoping qoidalari buzilishi yuz bermasdi, degan fakt e'tirof etilganini olqishlaymiz", — deyiladi klub bayonotida.
Endilikda ukrainalik 25 yoshli futbolchi mashg'ulotlarga qaytishi va optimal sport formasini tiklash jarayonini boshlashi mumkin. U oxirgi marta "ko'klar" safida 2024 yilning noyabr oyida maydonga tushgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi