Bugun
11
O'zbek

«Yuventus» o‘rtoqlik uchrashuvida «Nitsa»ni mag‘lub etdi

Futbol
31 iyul, 14:03
Turin klubi har ikkala bo‘limda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Yuventus» o‘rtoqlik uchrashuvida «Nitsa»ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

«Yuventus» klubi yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik bellashuvini o‘tkazdi. Turinliklar Fransiyaning «Nitsa» jamoasiga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida braziliyalik yarimhimoyachi Duglas Luis hisobni ochdi. 89-daqiqada hujumchi Jastin Oboavoduo esa yakuniy qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Yuventus» Italiya A Seriyasida 38 turdan keyin 69 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallagan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgan edi. «Nitsa» esa Fransiya Liga 1 bahslarini 34 o‘yinda 32 ochko bilan 16-pog‘onada yakunlagan.

O‘rtoqlik o‘yini
Yuventus – Nitsa 2:0
Gollar
: Duglas Luis 11, Oboavoduo 89

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Nice Nice
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar