Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Lans» o‘z maydonida «Lion»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 36-daqiqada ochildi. Florian Sotoka raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Lans»ni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Matyo Yudol «Lans»ning ikkinchi golini kiritdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, vaziyat o‘zgardi: 84-daqiqada Yudol qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada «Lans» uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. 85-daqiqada Halis Mera esa uchrashuvdagi so‘nggi gol muallifi bo‘ldi.
Fransiya chempionatining oltita turidan so‘ng «Lion» 11 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. «Lans» esa yetti ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi uchrashuvda «Lans» 17 oktabr kuni safarda «Trua»ga qarshi maydonga tushadi. «Lion» esa 18 oktabr kuni o‘z maydonida «Nitssa»ni qabul qiladi.
Fransiya chempionati. 6-tur
Lans – Lion 2:1
Gollar: Sotoka 36, Yudol 76 – Mera 85.
Chetlatish: Yudol 84.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi