Bugun
11
O'zbek

Proliga. "Orol" Toshkentda "G'azalkent"dan ustun keldi, "Metallurg" "Lochin"ni tor-mor etdi

Futbol
31 iyul, 13:18
Proligada 12-tur o'yinlari yakuniga yetdi.
Proliga. "Orol" Toshkentda "G'azalkent"dan ustun keldi, "Metallurg" "Lochin"ni tor-mor etdi
Фото: Ғазалкент ПФК

Proligada 12-tur o'yinlari yakuniga yetdi. "Metallurg" (21, 4-o'rin) Bekobodda "Lochin"ni (21, 5-o'rin) qabul qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Peshqadam "Orol" (32, 1-o'rin) esa Toshkentda "G'azalkent"dan (18, 8-o'rin) ustun keldi va yetakchiligini mustahkamladi.

"Jayhun" (14, 9-o'rin) Nukusda BuxDUni (10, 12-o'rin) yirik hisobda mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

Proliga. 12-tur
QMU Jayhun – BuxDU 5:1
Gollar:
Asadulla Qutibayev, 16 (1:0), Asadbek Mustafaqulov, 47 (2:0), Ahror Murodov, 57 (2:1), Miyrbek Kalmurzaev, 62 (3:1), Sardorbek Xidirboev, 78 (4:1), Sardorbek Xidirboev, 83 (5:1)

Yaypan — FarDU 0:1
Gol: Boburbek Farhodov (80).

Metallurg — Lochin 5:0
Gollar: Azizbek Abdumuminov, 44 (1:0), Branmire Yočić, 48 (2:0), Azizbek Abdumuminov, 55 (3:0), Navro'zbek Iminjonov, 62 (4:0), Maksvel Da Silva, 90+1 (5:0)

G'azalkent — Orol 0:2
Gollar: Azizbek Bahromov (52), Ruslan Qalmag'ambetov (71 pen).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar