«Barselona» klubi «Bryugge» vingeri Jessi Bisivu bilan shartnoma imzolangani e'lon qildi.
Qayd qilinishicha, 18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Avvalroq kataloniyaliklar ushbu transfer uchun «Bryugge»ga 8,5 million yevro to'lashi xabar qilingandi.
Shuningdek, Belgiya klubi futbolchining ehtimoliy keyingi transferidan 20 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qolgan.
Jessi 2023 yildan buyon belgiya zaxira jamoasi safida to'p tepib kelayotgan edi. U o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi