Amsterdamning «Ayaks» klubi yarimhimoyachi Yulian Brandt bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Germaniyalik 30 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo'shildi.
Ma'lumot uchun, Brandt 2019 yildan buyon «Borussiya D» klubi safida to'p tepib kelgan edi.
Yulian o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Ayaks» 2025/26 yilgi Erediviziya mavsumini 5-o'rinda yakunlagan edi.