"Ayaks" "Real"ning sobiq yarimhimoyachisi, ayni vaqtda erkin agent bo'lib turgan Daniel Sebalos bilan hamkorlik bo'yicha muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
Avvalroq Niderlandiya klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan va u hali "Real" safida to'p tepayotgan paytda ham madridliklar bilan aloqaga chiqandi. Biroq tomonlar hamkorlik shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmagani sababli "Ayaks" Sebalos transferi bo'yicha ishni to'xtatdi. Ta'kidlanishicha, 29 yoshli yarimhimoyachinining Eredivizida ishtirok etadigan jamoada o'ynashga xohishi bo'lmagan.
Dani 2017 yildan 2026 yilgacha Madrid klubi tarkibda o'ynadi. U "qaymoqranglilar" safida 215 ta o'yinda maydonga tushib, jamoa bilan jami 16 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Sebalos "Ayaks"ga o'tmaydigan bo'ldi
Futbol
26 iyul, 17:14
Muzokaralar to'xtadi.
Foto: Getty Images