O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Paxtakor» safarda «Bunyodkor»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo‘lim boshida kiritilgan yagona gol hal qildi. 49-daqiqada Bashar Resanning uzatmasidan so‘ng Dostonbek Hamdamov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va «sherlar»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» ochkolarini 33 taga yetkazib, peshqadam «Neftchi» bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirdi. «Bunyodkor» esa 19 ochko bilan 7-o‘rindagi o‘rnida qoldi.
Superliga. 14-tur
Bunyodkor - Paxtakor 0:1
Gol: Hamdamov 49 (Bashar Resan).
Bunyodkor: Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Rahmonov (Sardor Abdunabiyev, 85), Najmiddin Normurodov, Dmitriy Pletnyov (Shahzod Ne'matjonov, 72), Amir To‘raqulov, Muzaffar Olimjonov (Abdulfayz Bobomurodov, 72), Nosirjon Abdusalomov, Islom Anvarov (Muhammad Hakimov, 57), Shamsiddin Tursunmahamadov, Azizbek To‘lqinbekov, Bilolxon Toshmirzayev.
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin, Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov, 72), Akmal Mozgovoy, Dostonbek Hamdamov (Oybek Bozorov, 72), Bashar Resan (Hojimat Erkinov, 72), Sardor Sobirxo‘jayev (Abdurauf Bo‘riyev, 82), Sherzod Nasrullayev, Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov, Stefan Chinedu.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi