Live
4
O'zbek

«Bunyodkor» va «Paxtakor» o'rtasidagi Toshkent derbisi «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi

Futbol
23 iyul, 08:11
PFL qaroriga ko‘ra, «Bunyodkor» stadioni maysasi hali Superliga bahslarini qabul qilishga tayyor emas.
«Bunyodkor» va «Paxtakor» o'rtasidagi Toshkent derbisi «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi
Foto: PFL
26.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Bunyodkor Bunyodkor 0 : 1 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing 14-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «Paxtakor» uchrashuvi boshqa stadionda o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Liga bayonotiga ko‘ra, «Bunyodkor» stadioni maysasi hali to‘liq tiklanmagan. Shu sababli Toshkent derbisi «Paxtakor» stadioniga ko‘chirildi.

Avvalroq Superliganing 12-turidagi «Bunyodkor» — «Nasaf» bahsi ham xuddi shu sabab tufayli «Olimpiya» stadionida tashkil etilgandi.

PFLning ta'kidlashicha, yozning jazirama ob-havosi tufayli mamlakatdagi bir qator stadionlar maysasida muammolar yuzaga kelgan. Agronomlar «Bunyodkor» stadioni chimini mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlash ustida ishlayotgan bo‘lsa-da, Liga ishchi guruhi maydonni hozircha Superliga talablariga javob bermaydi, deb topgan.

Shu bois «Bunyodkor»ga kamida yana bir tur o‘z stadionida rasmiy bahs o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.

Qayd etish joiz, PFL avval ham Termiz va Buxorodagi stadionlar maysasi talab darajasida bo‘lmagani sababli ayrim bahslarni boshqa shaharlarga ko‘chirishga majbur bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bunyodkor Bunyodkor
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar