Live
4
O'zbek

«Sun'iy ravishda transfer narxlarini oshirishga qarshimiz» — «PSJ» Diomande transferidan voz kechgani va buning sabablarini ma'lum qildi

Futbol
26 iyul, 18:01
Parij klubi uzoq vaqt muzokara olib borgan 19 yoshli vinger «Real»ga o'tmoqda.
«Sun'iy ravishda transfer narxlarini oshirishga qarshimiz» — «PSJ» Diomande transferidan voz kechgani va buning sabablarini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

«PSJ» klubi «Leypsig» vingeri Yan Diomande transferidan voz kechganini ma'lum qildi.

Klubning ta'kidlashicha, futbolchi uchun so'ralgan transfer puli hamda uning maosh bo'yicha talablariga asos yo'q edi.

Avvalroq ivuarlik 19 yoshli vinger «Real»ga 100 million yevrodan ortiq mablag' evaziga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Pari Sen-Jermen» Yan Diomande transferi bo'yicha taklifini rasmiy ravishda qaytarib oldi va barcha muzokaralarni to'xtatdi.

Transfer uchun talab qilingan qiymat, shuningdek, maosh bo'yicha talablar mutlaqo nomutanosib va transfer bozoridagi muvozanatni buzishi mumkin bo'lgan xususiyatga ega edi. «PSJ» qat'iy moliyaviy boshqaruv va jamoa tarkibidagi muvozanatni saqlash tamoyillaridan chekinmaydi.

Chempionlar ligasining amaldagi ikki karra g'olibi va so'nggi yillarning eng sovrindor klubi bo'lgan «PSJ» sun'iy ravishda transfer narxlarini oshirishga yoki ayrim vositachilarning manfaatlariga xizmat qiluvchi harakatlarga aralashmaydi.

Klub o'z transfer strategiyasini xotirjamlik va ishonch bilan, belgilanmagan yo'nalishdan adashmasdan davom ettiradi»
, — deyiladi parijliklar bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar