Ultimate Fighting Championship (UFC) matbuot xizmati Abu-Dabidagi «Etihad Arena»da bo'lib o'tgan UFC Fight Night 282 turniri uchun berilgan bonuslar haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov turnirdagi eng yaxshi chiqish uchun 100 ming dollar mukofotga loyiq ko'rildi.
UFC Fight Night 282 turniri bonuslari:
- Oqshomning eng yaxshi jangi: Rizvan Kuniev — Tayrell Fortun (bonus 100 ming dollar).
Oqshomning eng yaxshi chiqishlari: Ramazon Temirov va Valter Uoker (har biriga 100 ming dollar).
Shuningdek, janglarini muddatidan avval yakunlagan va vazn o'lchash marosimidan muvaffaqiyatli o'tgan barcha g'oliblar qo'shimcha ravishda 25 ming dollardan bonus oldi. Ular quyidagilar:
- Magomed Ankalaev;
- Muhammad Saidov;
- Sem Patterson;
- Aksel Sola;
- Abdul Husseyn.
Qayd etish lozim, turnirning asosiy jangida rossiyalik Magomed Ankalaev o'zbekistonlik Bogdan Guskovni 5-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi