Italiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Massimo Oddo Andrea Pirloni qo‘llab-quvvatlab, uning murabbiylik faoliyatiga xolis baho berishga chaqirdi.
DerbyDerbyDerby nashri xabariga ko‘ra, Oddo Pirloning murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatsiz deb atash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.
«Pirloning murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Bunday gaplarni eshitsam kulgim keladi. Kelinglar, unga nisbatan xolis bo‘laylik», — dedi Oddo.
Qayd etilishicha, Andrea Pirlo Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Massimo Oddo va Andrea Pirlo faoliyati davomida Turinning «Yuventus» klubida birga to‘p tepgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo muvaffaqiyatsizlikdan keyin iste’foga chiqarilgan edi.