Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Italiya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Andreya Pirlo bosh murabbiylik uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Nashrning xabariga ko‘ra, Italiya futbol federatsiyaning yangi texnik direktori Paolo Maldini uni mazkur lavozim uchun ideal nomzod deb biladi.
Avvalroq, federatsiya «Manchester Siti» sobiq bosh murabbiyi Hosep Gvardiolani bosh murabbiylikka taklif qilgan, ammo rad javobini olgan. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Pirlo bilan muzokaralar davom etmoqda, Gvardiolaning rad javobidan keyin muzokaralar tezlashishi hamda barcha zarur detallar hal etilishi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra Pirloning shartnomasi JCH-2030 yakunigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Italiyalik sobiq futbolchining maoshi 1,5 mln yevrodan oshmaydi. Murabbiylik faoliyati davomida Pirlo «Yuventus», «Karagyumryuk» va «Sampdoriya»da ishlashga ulgurgan, hozirda BAAning «Dubay Yunayted» klubini boshqarmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi