«Parma» va Yaponiya milliy jamoasi darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Turin klubi kiper bo'yicha «Parma» bilan muzokaralarga kirishgan.
Bitim doirasida «Yuventus»ning bir nafar futbolchisi ham almashtirishning bir qismi sifatida qo'shilishi mumkin. Klub rahbariyati Suzukining salohiyatini yuqori baholamoqda.
Agar ushbu transfer amalga oshmasa, «Yuventus» muqobil variant sifatida «Tottenhem» darvozaboni Gulelmo Vikarioni ko'rib chiqmoqda.