Live
1
O'zbek

Taverniye faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Futbol
24 iyul, 16:11
Jeyms "Lids" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Taverniye faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

"Reynjers"ning sobiq himoyachisi Jeyms Taverniye erkin agent sifatida MLS ishtirokchisi "Sharlott" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Shimoliy Karolina jamoasi bosh murabbiyi Din Smit angliyalik futbolchining transferi amalga oshishidan eng manfaatdor shaxs hisoblanadi. Ayni vaqtda Taverniye faoliyatini qaerda davom ettirish bo'yicha turli variantlarni o'rganmoqda. Shuningdek, unga Fransiya Italiya klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Jeyms "Lids" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015–2026 yillar davomida "Reynjers" sharafini himoya qildi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlar doirasida 565 ta uchrashuvda maydonga tushib, 144 ta gol urdi va 148 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bugungi yangiliklar