"Manchester Siti" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun "Chelsi" vingeri Pedro Netu nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" portugaliyalik futbolchiga uning "Vulverhempton"dan "Chelsi"ga o'tishidan avval ham qiziqish bildirgan edi.
Hozirda "Siti" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Enso Mareska Netuni London klubidagi hamkorligi davridan yaxshi taniydi.
Qayd etilishicha, klub Pedro Netuni "Tottenham"ga o'tishi mumkin bo'lgan Savinoning o'rnini bosadigan futbolchi sifatida ko'rmoqda.
O'tgan mavsum u barcha turnirlar doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi