Live
1
O'zbek

«Aston Villa» «Chelsi» forvardi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi

Futbol
24 iyul, 11:43
Birminghemliklar London klubidan Nikolas Jeksonni sotib olmoqchi.
«Aston Villa» «Chelsi» forvardi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi
Foto: Getty Images

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Uning yozishiga ko‘ra, birminghemliklar ustozi Unai Emeri futbolchi bilan «Vilyarreal»dagi davrdan yaxshi tanish va hujumchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.

Ta’kidlanishicha, Jeksonning maoshi «Aston Villa» uchun juda yuqori, «Chelsi»ning transfer bo‘yicha talabi - oshirib yuborilgan deb baholanmoqda.

Jekson 2023-yildan buyon London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda 81 ta o‘yinda maydonga tushgan Nikolas 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma yetkazib berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2033-yilgacha mo‘ljallangan, transfer narxi esa 40 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar