"Chelsi" "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Maksans Lakruaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Fransiya milliy jamoasining 26 yoshli futbolchisining transfer narxi taxminan 52 million funt sterlingni tashkil qiladi.
Himoyachi bugun, 24 iyul kuni "ko'klar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng klub bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Lakrua APLda 35 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va yana 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma'lumot uchun, "Kristal Pelas" Lakruani 2024 yilda Germaniyaning "Volfsburg" klubidan 18 million yevro evaziga sotib olgandi.
"Chelsi" Lakrua transferini hal qildi
Futbol
24 iyul, 04:23
Fransiya milliy jamoasi himoyachisi bugun "ko'klar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi