UFC jangchisi Bogdan Guskov Magomed Ankalayevni yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli raqib deb atadi va u bilan jang hayotini o'zgartirishi mumkinligini aytdi.
«Yaxshi yangilikni qabul qilish uchun menga vaqt kerak emas. Menejerim Magomed bilan jang qilish imkoniyati borligini aytganida, unga: «Ehtimol, bu jang mening faoliyatim va hayotimni o'zgartiradi», dedim. Biz tayyorgarlik yig'inini uch raundlik jang uchun rejalashtirgandik. Endi besh raundda nima bo'lishini ko'ramiz — bu men uchun ilk tajriba.
Ankalayevga qarshi jang Blaxovich bilan jangdan ham qiziqroq. Magomed reytingda birinchi o'rinda turadi. Bu — haqiqiy darajamni ko'rsatib beradigan sinov. Men 33 yoshdaman, kutib o'tirolmayman. Menga faqat raqibning nomi va jang o'tkaziladigan joy kerak.
Ankalayev — bizning vazn toifamizdagi eng kuchli jangchi. Uning Pereyraga qarshi mag'lubiyatiga kelsak, bu shunchaki omadsiz kun edi. Magomed hali ham juda xavfli va kuchli jangchi bo'lib qolmoqda.
Bir raqib vazn tashlashim kerak deydi, boshqasi parvoz uzoqligini bahona qiladi, yana biri esa kino ko'rib plyajga borishni xohlaydi. Menga esa hech narsa kerak emas — faqat raqibning nomi va jang joyi. Hayotimni o'zgartirishga harakat qilaman», — dedi o'zbekistonlik jangchi.
Magomed Ankalayev va Bogdan Guskov o'rtasidagi to'qnashuv 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Guskov: "Ankalayev bilan jang faoliyatim va hayotimni o'zgartiradi"
MMA
24 iyul, 01:07
O'zbekiston vakilining fikricha, bo'lajak jang uning haqiqiy darajasini ko'rsatib beradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi