“Real” Rodrini oʻz safiga qoʻshib olish ustida ish olib bormoqda.
Sky Sport xabariga koʻra, seshanba kuni Madrid klubi vakillari Ispaniya poytaxti yaqinidagi restoranda “Manchester Siti” yarimhimoyachisining agentlari bilan uchrashuv oʻtkazgan.
“Qirolicha klubi” rahbariyati ispan futbolchisini oʻzining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. Unga 2030 yilgacha moʻljallangan shartnoma taklif qilinishi mumkin. Hozirda “Real” 30 yoshli yarimhimoyachining vakillari bilan kelishuvga erishish ustida ish olib bormoqda.
Rodrining oʻzi ham Ispaniyaga qaytishga tayyor. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Klub bir necha hafta avval unga shartnomani uzaytirish boʻyicha taklif bergan, ammo hozircha tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
Ta’kidlanishicha, hozircha “Real” va “Manchester Siti” oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar boʻlib oʻtmagan.
Oʻtgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida Rodri 21 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u Ispaniya milliy jamoasining barcha 8 ta oʻyinida qatnashib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Real” Rodriga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor
Futbol
23 iyul, 23:50
Madrid klubi ispaniyalik yarimhimoyachining agentlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi