Live
4
O'zbek

Karvaxal «Real»dan ketganidan keyin yangi klub izlamoqda

Futbol
23 iyul, 08:47
Ispaniyalik himoyachining yuqori maoshi transfer muzokaralarini murakkablashtirmoqda.
Karvaxal «Real»dan ketganidan keyin yangi klub izlamoqda
Foto: Getty Images

34 yoshli himoyachi Dani Karvaxal «Real»ni tark etganidan so‘ng hamon yangi jamoa topa olgani yo‘q. Bu haqda Vavel xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchi yana kamida bir mavsum yuqori saviyada o‘ynashni rejalashtirmoqda. Biroq uning maosh borasidagi talablari yangi klub topish jarayonini qiyinlashtirmoqda.

Karvaxal «Real» safida yiliga taxminan 10,4 million yevro maosh olgan. Ayni paytda unga qiziqish bildirayotgan ko‘plab klublar bunday moliyaviy shartlarni bajarishga tayyor emas.

Futbolchiga da'vogarlar qatorida «Bayer» ham bo‘lgan. Leverkuzen klubi Karvaxalni yana o‘z safiga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq moliyaviy masalalar sabab muzokaralar rivojlanmagan.

Shuningdek, himoyachiga «Inter» qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, uning faoliyatini Saudiya Arabistoni, Qatar yoki MLSda davom ettirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Qayd etish joiz, Karvaxal «Real» safida qariyb 450 ta bahsda maydonga tushdi. U klub bilan 6 marta UEFA Chempionlar ligasi, 4 marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda esa uning hisobida klub va milliy jamoa safida qo‘lga kiritilgan 27 ta sovrin mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar