«Real» prezidenti Florentino Peres ushbu yozgi transfer siyosatida faol ishtirok etmayapti. Bu haqida ESPN xabar berdi.
Masalan, u may oyidaoq Bernardu Silva transferiga qarshi chiqqan. Shunga qaramay, portugaliyalik futbolchi keyinchalik jamoa safiga qoʻshildi.
Mark Kukurelya transferi haqida esa Peres barcha hujjatlar imzolanib boʻlgandan keyingina xabar topgan. Qayd etilishicha, Florentino hatto Rodri transferiga ham qarshi. Biroq klub bosh direktori Xose Anxel Sanches va bosh skaut Xuni Kalafat ushbu kelishuvni oʻz zimmalari olishga qaror qilgan.
Xabarlarga koʻra, «Real» 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 60 million yevro taklif qilmoqchi. «Manchester Siti» esa Rodri uchun 100 million yevro talab qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi