Bugun
59
O'zbek

"Man Siti" Rodri transferidan 100 mln yevro ishlab olmoqchi

Futbol
22 iyul, 23:20
Ispaniyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Man Siti" Rodri transferidan 100 mln yevro ishlab olmoqchi
Foto: Getty Images

"Real" "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodrini sotib olish bo'yicha yakuniy qarorga kelgan. Bu haqida L’Equipe xabar berdi.

Biroq "shaharliklar" futbolchi uchun juda yuqori narx belgilagan. Qayd etilishicha, Manchester klubi futbolchining transferidan 100 million yevro ishlab olmoqchi.

"Real"ning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan futbolchi uchun bunday mablag'ni to'lash-to'lamasligi hozircha noma'lum.

Ma'lumot o'rnida, 30 yoshli Rodri 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Turnir finalida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar