Live
4
O'zbek

Trafford «Lids Yunayted»ga o‘tishga yaqin

Futbol
23 iyul, 08:40
Darvozabon yangi jamoaga o‘tish istagini bildirgan, tomonlar transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Trafford «Lids Yunayted»ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Trafford faoliyatini «Lids Yunayted»da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Lids Yunayted» 22 yoshli posbon transferini yakunlash arafasida. Futbolchining o‘zi ham jamoaga qo‘shilish istagini bildirgan.

Hozirda tomonlar transferning yakuniy shartlari, jumladan, keyinchalik sotib olish bandi yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Shuningdek, Jeykobsning ta'kidlashicha, «Nyukasl» so‘nggi vaqtlarda Trafford bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormagan va rasmiy taklif ham yubormagan. Klubning darvozabonga qiziqishi avvalroq, «Manchester Siti» Sandro Tonali transferi ustida ishlayotgan paytda yuzaga kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Lids Lids
Bugungi yangiliklar