Bugun
59
O'zbek

Rodri jarohati sabab jarrohlik amaliyotini o'tkazadi

Futbol
23 iyul, 04:30
30 yoshli futbolchining qachon maydonga qaytishi hozircha ma'lum emas.
Rodri jarohati sabab jarrohlik amaliyotini o'tkazadi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri bel qismidagi jarohati sabab jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

30 yoshli futbolchining qachon maydonga qaytishi hozircha ma'lum emas. Shu bilan birga, Rodrining «shaharliklar» safidagi kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda.

Ma'lumot o'rnida, yarimhimoyachi 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Turnir finalida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Avvalroq «Manchester Siti» Rodri transferidan 100 million yevro ishlab olmoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar