Marokashlik yarimhimoyachi Ayub Buaddi APLning top jamoalaridan biriga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
"Manchester Siti" futbolchiga bo'lgan qiziqishini susaytirgani yo'q. "Shaharliklar" rahbariyati Buaddi transferi uchun 90 million yevro ajratishga tayyor.
Ma'lumot o'rnida, Ayub 2023 yil yozidan buyon "Lill" safida to'p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 80 million yevro deb baholagan. Avvalroq Buaddi Fransiya emas, Marokashni tanlaganidan afsuslanmasligini aytib o'tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi