Bugun
3
O'zbek

Buaddi: «Fransiya emas, Marokashni tanlaganimdan afsuslanmayman»

Futbol
10 iyul, 12:19
Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Fransiyaga qarshi bahsdan keyin o‘z qaroridan afsuslanmasligini ma’lum qildi.
Buaddi: «Fransiya emas, Marokashni tanlaganimdan afsuslanmayman»
Foto: Getty Images
09.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 2 : 0 Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ayyub Buaddi JCH-2026 pley-off bosqichidagi Fransiyaga qarshi o‘yindan (0:2) keyin kattalar futbolida milliy jamoa borasidagi tanlovi haqida gapirdi.

Avvalroq yoshlar darajasida Fransiya sharafini himoya qilgan va hattoki 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasi sardori ham bo‘lgan. Fransiya shimolida tug‘ilib, katta bo‘lgan xavbek may oyida Marokash milliy jamoasiga qo‘shildi.

«Men Marokashni tanlaganim uchun butkul afsuslanmayman. Doim aytganman, bu chin yurakdan qilingan tanlov edi, nima bo‘lishiga qaramay, Marokash sharafini himoya qilayotganimdan g‘ururlanaman.

Hozir eng muhimi — biz hammamiz — futbolchilar, murabbiylar shtabi — nima bo‘lgan taqdirda ham, bu libos uchun borimizni berishimizni yaxshi bilamiz.

Marokash xalqini yanada ko‘prog‘i bilan xursand qilishni niyat qilgan bo‘lsak ham, mundialdagi ishtirokimizdan g‘ururlanamiz. Keyingi musobaqalarda yanada uzoqroqqa o‘tish uchun nimalar ustida ishlashimiz kerakligini bilamiz.

Ishlashda va rivojlanishda davom etamiz», - dedi futbolchi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar