Live
6
O'zbek

Hakimi Marokash milliy jamoasi safida ilk bor dubl qayd etdi

Futbol
13 noyabr, 23:40
    10
«PSJ» himoyachisi Nigerga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Hakimi Marokash milliy jamoasi safida ilk bor dubl qayd etdi
Foto: Getty Images

Marokash milliy jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Nigerga qarshi bahsda faoliyatidagi yangi natijani qayd etdi. 28 yoshli futbolchi raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, milliy jamoa safida ilk bor dubl muallifiga aylandi.

Hakimi uchrashuvning 27 va 45-daqiqalarida gol urdi. Marokash ushbu bellashuvda 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bungacha futbolchi milliy jamoa safidagi birorta bahsda bir martadan ortiq gol urmagan edi.

Himoyachining Marokash milliy jamoasi safidagi statistikasi ham e’tiborga molik. U 104 ta bahsda 14 ta gol urib, 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hakimi xalqaro maydondagi debyutini 2016-yil kuzida o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Hakimi yaqinda klub miqyosida ham ilk bor xet-trik qayd etgan. U oktabr oyi oxirida «PSJ» safida «Gavr»ga qarshi Liga 1 bahsida uchta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf Hakimi «PSJ» safida o‘ng qanot himoyachisi sifatida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar