Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmоn Dembele JCh-2026 1/4 finalida Marokashga (2:0) qarshi bahsda gollardan biriga mualliflik qildi.
«Kilian goldan ikki-uch daqiqa avval menga markazda qolishimni va to‘p bizga tushishi bilan qarshi hujumga o‘tishimizni aytdi. Amalda ham shunday bo‘ldi. Keyin u ham bo‘sh hudud yaratish uchun juda yaxshi tezlik oldi. Men qarshimda bo‘shliqni ko‘rdim va o‘zim darvoza tomon zarba berishga qaror qildim, bu ish berdi», – deya Dembele so‘zlaridan iqtibos keltirdi RMC Sport.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi