«Arsenal» va Fransiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri va Shvetsiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Zlatan Ibrahimovich fransiyalik vinger Maykl Olisening jahon chempionati 1/4 finali doirasida Marokashga qarshi (2:0) o‘yinini NFL afsonasi Tom Bredi bilan solishtirishdi.
«Maykl Olisening uzatmasi haqida gaplashmoqchiman. To‘p unga tushishi bilan barchasi hal bo‘ladi. Biz axir Foksborodamiz… Tom Bredi, bu axir sening bo‘sh zonaga beradigan uzatmalaringdan biri», - dedi Anri.
«U yana bir marta ajoyib edi. U o‘yinni boshqardi. Haqiqiy «Fransuz futbolining chinakam Tom Bredisi». Olise kabi futbolching bo‘lsa, o‘ylashing shart ham emas. Shunchaki yugur — to‘p o‘zi senga keladi, qizig‘i, aynan kerakli nuqtada» — deya Ibrahimovich so‘zlaridan iqtibos keltirdi FOX Sports.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi