Live
2
O'zbek

Ziyosh – «Botafogo» futbolchisi (Romano)

Futbol
7 sentabr, 08:49
    5+
Hakim «Vidad Kasablanka»dagi faoliyatini yakunlab, erkin agentga aylandi.
Ziyosh – «Botafogo» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

Marokash milliy jamoasi yarimhimoyachisi Hakim Ziyosh faoliyatini Braziliyada davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Qayd eilishicha, 33 yoshli futbolchi «Botafogo» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi transferni rasmiylashtirish uchun Braziliyaga borishi kutilmoqda. Kelishuv ikki mavsumga mo‘ljallangan.

Hozirda tomonlar o‘rtasida asosiy masalalar hal qilingan bo‘lib, faqat tibbiy ko‘rik, hujjatlar va shartnomani imzolash jarayoni qolgan.

Ma’lumot uchun, Ziyosh «Vidad Kasablanka»dagi faoliyatini yakunlab, erkin agentga aylandi. U avval «Ayaks», «Chelsi» va «Galatasaroy» kabi klublarida to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Botafogo SP Botafogo SP
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar