Bugun
22
O'zbek

Morgan: «Chelsi» futbolchilaridan birortasi ham «Arsenal» tarkibiga kira olmaydi»

Futbol
7 sentabr, 05:13
Britaniyalik jurnalist London derbisidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Morgan: «Chelsi» futbolchilaridan birortasi ham «Arsenal» tarkibiga kira olmaydi»
Foto: Gettyimages
06.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 2 : 1 Chelsi Chelsi

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Londonning «Arsenal» jamoasining Angliya Premer-ligasi 3-turi doirasida «Chelsi» bilan o‘yini haqida fikr bildirdi. Mikel Arteta shogirdlari iroda ko‘rsatib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

«Chempion ijrosidagi ajoyib futbol. Jamoa o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Martin Edegor va Deklan Rays o‘yinni nazorat qilishdi. Konsa ancha ishonchli harakat qildi, Havers yana gol urdi. Ajoyib kun.

Agarda barcha futbolchilar safda bo‘lsa, «Chelsi»ning hech bir futbolchisi «Arsenal»ning asosiy tarkibiga kira olmasdi», - deb yozdi Morgan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Mikel Arteta jamoasi 9 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar