«Arsenal» kelasi yil yanvar oyida «Barselona» vingeri Rafinya uchun 80 mln yevro taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Londonliklar 29 yoshli braziliyalik futbolchini «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, «Barselona»ni mavsum o‘rtasida asosiy futbolchilaridan birini sotishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli futbolchining Kataloniya grandi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Avvalroq «Arsenal» Alvares uchun 135 mln yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgani ma’lum qilingandi.