El Pais manbalariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yozgi transferlar vaqtida jamoaga qo‘shilgan Rodrining o‘yinidan «juda mamnun».
Xabarga ko‘ra, nemis mutaxassisi mashg‘ulotlardan keyin jahon chempioni Rodri bilan tez-tez suhbatlashadi. «Valensiya»ga qarshi La Liga bahsi oldidan ham ular mashg‘ulot maydonida besh daqiqa davomida suhbatlashgan.
Ular pressing masalasini muhokama qilgan. Shuningdek, Flik yarimhimoyachilar jarima maydoni chetidan ko‘proq zarba berishi kerak, degan fikrini Rodri bilan bo‘lishgan.
Manbaga ko‘ra, Rodri asta-sekin «Barselona» kiyinish xonasida ham jamoadoshlarining ishonchini qozonmoqda.