«Barselona» «Real» sobiq himoyachisi David Alabaning vaziyatini kuzatmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» erkin agentlarni jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik Alabani «Bavariya»dagi faoliyati davridan yaxshi biladi. Kataloniya klubi avstriyalik futbolchining markaziy himoya va qanotda o‘ynay olish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda Alabaning Italiya klubiga o‘tishi ehtimoli yuqoriroq. Himoyachiga «Roma» va «Latsio» qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Alaba 2021–2026 yillarda «Real» safida o‘ynadi. U barcha turnirlarda 132 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O‘tgan yozda futbolchi erkin agentga aylandi.