COPE xabariga ko‘ra, «Real» yarimhimoyachisi Orelyen Chuameni hamda hujumchilar Endrik va Tiago Pitarch jamoa bilan birga mashg‘ulotlarga qaytdi.
Manbaga ko‘ra, Endrik va Pitarch tiklanishdagi ijobiy jarayon sabab 8-sentabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.
Shu bilan birga, Ferlan Mendi, Eder Militao, Rodrigo va Raul Asensio jarohatlaridan tiklanishda davom etmoqda. Ularning barchasi bir necha kun avval «Betis»ga qarshi bahs oldidan alohida shug‘ullangan edi.