Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder yozda hamyurti Denzel Dumfris Milanning «Inter» klubidan Madridning «Real» jamoasi safiga borib qo‘shilgani haqida fikr bildirdi.
«Agarda seni «Real» o‘z tarkibiga taklif qilgan bo‘lsa, uni qabul qilish kerak. Bu butkul o‘zgacha klub. Dumfris endi Milanda bo‘lganidan ham yaxshiroq o‘ynashi talab etiladi. «Real» «Inter»ga qaraganda katta obro‘ga ega.
O‘z navbatida «qaymoqranglilar»ga bosim ham yuqori, ammo Denzelda u yerda o‘ynab ketish zarur hislatlar mavjud. «Inter»da u yuqori darajaga chiqa oldi», - deya Sneyder so‘zlaridan iqtibos keltiradi InterNews.
Ma’lumot uchun, Dumfris 20 million yevro evaziga Madrid grandi safiga ko‘chib o‘tdi. 30 yoshli lateral 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.